Pasport yoki ID-kartani yo'qotib qo'yganlik uchun ma'muriy javobgarlik bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Prezident qarori bilan takliflar ishlab chiqilmoqda.
Yangi tartibga ko'ra, fuqaro pasport yoki ID-kartani yo'qotganda yoki yaroqsiz holatga keltirganda ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi. Buning o'rniga qo'shimcha miqdorda davlat boji to'lab, yangi hujjat rasmiylashtirib beriladi.
Hozirgi holat qanday
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga ko'ra, pasport yoki ID-kartani yo'qotganlik uchun hozirda BHMning bir baravari — 412 ming so'm jarima qo'llaniladi.
Pasport yo'qotgan abituriyentlar uchun batafsil qo'llanma bilan tanishib chiqing.
Ta'limga oid boshqa yangiliklar va foydali ma'lumotlarni InfoEdu.uz orqali kuzatishingiz mumkin.
















