Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan 97-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'mirlash ishlari sabab 2026-yil 6-iyuldan vaqtincha faoliyatini to'xtatgan. Tarbiyalanuvchilar yaqin hududdagi 47- va 136-sonli bog'chalarga vaqtincha joylashtirilishi belgilangan. Bu haqda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Murojaat va rasmiy javob
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 97-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to'xtatilgani hamda tarbiyalanuvchilar qaysi muassasalarga joylashtirilgani yuzasidan murojaat e'lon qilingan edi. Boshqarma mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Muassasa joylashuvi va joylashtirish tartibi
- 97-sonli DMTT Yunusobod tumani 15-mavze, “Ahmad Donish” MFY hududida joylashgan;
- Muassasa faoliyati ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 6-iyuldan vaqtincha to'xtatilgan;
- Tegishli hujjatlarga asosan tarbiyalanuvchilar ota-onalarining xohish-istaklari inobatga olingan holda yaqin hududdagi 47- va 136-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlariga vaqtincha joylashtirilishi belgilangan.
Toshkent va Buxoroda bog'chalarning vaqtincha yopilishi haqida ham yozgan edik.
















