Anomal issiq sababli Toshkent va Buxoro viloyatlaridagi barcha davlat hamda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Toshkent viloyati hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi bog‘chalar 16-iyuldan vaqtincha yopilgan.
Toshkent viloyatida bog‘chalar qachongacha yopiq bo‘ladi?
Reklama
Ma'lum qilinishicha, bog‘chalar faoliyati ob-havo me'yoriy holatga kelgach, viloyat hokimligining qo‘shimcha qarori asosida qayta tiklanadi.
Hozircha ularning qachon ish boshlashi bo‘yicha aniq sana e'lon qilinmagan.
Buxoro viloyatida bog‘chalar qachondan ishlaydi?
Buxoro viloyatida ham anomal issiq sabab bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Hududdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari 20-iyul (dushanba) kunidan boshlab odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettirishi rejalashtirilgan.
InfoEdu.uz avvalroq Farg‘ona viloyatidagi barcha davlat va nodavlat bog‘chalar ham vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, jazirama tufayli Surxondaryo viloyatining ayrim hududlaridagi davlat bog‘chalari faoliyati ham 18-iyulgacha vaqtincha to‘xtatilgan.













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.