Xorazmdagi davlat bog‘chalari 4 kunga yopiladi

Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari anomal issiq sababli 14–17-iyul kunlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Xorazmdagi davlat bog‘chalari 4 kunga yopiladi

Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati anomal issiq sababli 2026-yil 14–17-iyul kunlari vaqtincha to‘xtatiladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ma'lum qilishicha, mazkur qaror Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tavsiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan.

Bog‘chalar qachondan yana ish boshlaydi?

Reklama

Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatdagi tartibda davom ettiriladi.

Ota-onalarga murojaat qilindi

Boshqarma ota-onalardan ushbu vaqtinchalik cheklovni bolalar salomatligini asrashga qaratilgan profilaktik chora sifatida qabul qilishni hamda issiq kunlarda farzandlarining sog‘lig‘iga alohida e'tibor qaratishni so‘radi.

InfoEdu.uz o‘rganishicha, avvalroq anomal issiq sababli maktablarda o'tkazilishi rejalashtirilgan "Dolzarb 90 kun" tadbirlari ham 1-avgustga qadar to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.

Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari 2026-yil 14–17-iyul kunlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
Davlat bog‘chalari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatdagi tartibda tiklanadi.
Faoliyatning vaqtincha to‘xtatilishiga anomal issiq ob-havo hamda maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini muhofaza qilish zarurati sabab bo‘lgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.