Toshkent viloyati ta’lim boshqarmasida 5000 dollar topildi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida 5000 AQSH dollari topildi. Halol xodim rag‘batlantirildi. Tafsilotlar maqolada.

5
Toshkent viloyati ta’lim boshqarmasida 5000 dollar topildi

Toshkent viloyati ta’lim boshqarmasida kutilmagan hodisa

Joriy yilning 16-avgust kuni Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xonasida noma’lum shaxs tomonidan fayl papka ichida 5000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘ini qoldirib ketilgan.

Vaziyat nazoratga olindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan zudlik bilan dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Vaziyat Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning shaxsiy nazoratiga olindi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi.

Xodimning halolligi rag‘batlantirildi

Boshqarma xodimi Nazokat Urazova o‘zining yuksak halolligi va kasbiy etikasi uchun vazirlik tomonidan lavozim maoshining 3 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

Ta’lim sohasidagi foydali resurslar

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar