Toshkent viloyatida “Hokim stipendiyasi” joriy etildi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan viloyatdagi iqtidorli va ijodkor yoshlarni moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida “Hokim stipendiyasi” joriy etildi. Ushbu tashabbus doirasida bir yil davomida 63 mln 950 ming soʻm mablagʻ ajratilishi tasdiqlandi.
Stipendiya kimlar uchun moʻljallangan?
Dasturda Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalari hamda oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Stipendiya iqtidorli oʻquvchi va talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlov shartlari va mukofot miqdori
Tanlov yiliga bir marotaba oʻtkaziladi va gʻoliblar 3 ta toifada aniqlanadi:
- 1-oʻrin: Eng kam oylik ish haqining 3 barobari;
- 2-oʻrin: Eng kam oylik ish haqining 2 barobari;
- 3-oʻrin: Eng kam oylik ish haqining 1 barobari.
Stipendiya gʻoliblarga 1 yil davomida toʻlab beriladi. Nizomga koʻra, yoshlarning ijodiy va ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Manba: infoedu.uz sayti maʼlumotlari asosida tayyorlandi.













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.