Qashqadaryo viloyatida 856 nafar talaba-yoshning oliy ta'lim kontrakti to'lab berilmoqda. Bu uchun jami qariyb 3 milliard 780 million 600 ming so'm ajratilgan.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta'lim olishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qaror qabul qilindi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bu kabi tashabbuslar Qashqadaryoda izchil davom ettirilmoqda.
Yordam kimlarga qaratilgan?
Reklama
Mazkur amaliy yordam, avvalo, ta'lim olish istagida bo'lgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli kontrakt mablag'larini to'lashda qiynalayotgan yoshlarni rag'batlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, tashabbus xotin-qizlarning oliy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish hamda yoshlarning kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bilim va inson kapitali bugungi kunda taraqqiyotning eng muhim omillaridan biriga aylangan bir paytda, yoshlar ta'limiga qaratilgan har bir ko'mak mamlakatning ertangi taraqqiyotiga kiritilayotgan katta sarmoyadir.
Ma'lumot Qashqadaryo viloyati hokimligi Telegram kanali orqali e'lon qilindi. Avvalroq Qashqadaryoda hokim stipendiyasi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz talabalar uchun muhim yangiliklarni yoritishda davom etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.