Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumanidagi maktablardan birida o'qituvchi o'quvchiga nisbatan jismoniy jazo qo'llagani haqida Bolalar ombudsmaniga murojaat yuborilgan. Murojaat o'rganilib, pedagogga nisbatan intizomiy chora qo'llanilgan — bu haqda Bolalar ombudsmani ma'lum qildi.
Murojaat va o'rganish
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumanida yashovchi fuqaro murojaat qilgan. Murojaatda farzandi tahsil olayotgan umumiy o'rta ta'lim maktabida uning o'qituvchisi tomonidan jismoniy jazo qo'llangani bildirilib, holat yuzasidan tegishli chora ko'rilishi so'ralgan.
Reklama
Murojaat Bolalar ombudsmani so'rovi asosida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan o'rganilgan.
Ko'rilgan chora
- O'rganish yakunlariga ko'ra, ta'limda nomaqbul tarbiya usullaridan foydalangan o'qituvchiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan;
- Maktab mas'ullariga bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga oid qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish zarurligi haqida ogohlantirish berilgan;
- Ta'lim jarayonida o'quvchilar uchun xavfsiz va sog'lom muhit yaratish zarurligi ta'kidlangan.
O'qituvchilarning o'quvchilarga nisbatan jismoniy ta'siri bo'yicha Namangandagi holat va maktab o'quvchilariga qo'yilgan 6 ta taqiq haqidagi materiallarimizni ham o'qishingiz mumkin.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring