21-sentabr kuni “Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g'oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori — PQ-346-son — qabul qilindi. Hujjat bilan shaxmatchilar va ularning murabbiylariga beriladigan pul mukofotlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi.
Qaror mukofotlarni sezilarli oshirish hamda ularni hisoblash tizimini bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) to'g'ridan-to'g'ri AQSh dollariga o'tkazishni nazarda tutadi: avval oltin medal uchun 880 mln so'm berilgan bo'lsa, endi bu miqdor 200 ming dollarni tashkil etadi.
Shaxmatchilar uchun mukofot miqdorlari
Reklama
| Toifa | Oltin | Kumush | Bronza |
|---|---|---|---|
| Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar) | 200 000 $ | 100 000 $ | 50 000 $ |
| Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar) | 20 000 $ | 10 000 $ | 5 000 $ |
| FIDE tasnifiga ko'ra jahon miqyosidagi musobaqalar | 15 000 $ | 7 500 $ | 3 750 $ |
| FIDE tasnifiga ko'ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar | 10 000 $ | 5 000 $ | 2 500 $ |
Alohida to'lov — xalqaro grossmeyster sport unvonini olganlik uchun belgilangan: 5 ming dollar (ilgari 100 BHM, ya'ni 44 mln so'm edi).
Trenerlarga beriladigan mukofotlar
- Kattalar o'rtasidagi Butunjahon olimpiada va paralimpiadasida: oltin uchun — 50 ming, kumush uchun — 25 ming, bronza uchun — 12,5 ming dollar;
- Yoshlar o'rtasidagi olimpiada va paralimpiadada: 5 ming, 2,5 ming va 1,25 ming dollar;
- FIDE tasnifiga ko'ra jahon miqyosidagi musobaqalarda: 7 ming, 3,5 ming va 1,75 ming dollar;
- FIDE tasnifiga ko'ra Osiyo miqyosidagi musobaqalarda: 5 ming, 2,5 ming va 1,25 ming dollar.
Trenerlarga nazarda tutilgan mukofot g'olib va sovrindor bo'lgan sportchini oxirgi bir yil davomida tayyorlagan murabbiylarga beriladi. Bu mablag'lar Trenerlar kengashining qaroriga asosan sportchini tayyorlashda so'nggi to'rt yil davomida ishtirok etgan boshqa trener va mutaxassislar o'rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Shuningdek, Prezident qarori bilan Osiyo va Paraosiyo o'yinlari g'oliblari hamda sovrindorlari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori ham oshirildi.
Shaxmatni rivojlantirish bo'yicha Prezidentning ta'lim muassasalari haqidagi topshiriqlari va Javohir Sindarovning Grand Chess Tour natijasi haqidagi materiallarimizni ham o'qishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring