Toshkentning Yunusobod tumanidagi maktablardan birida o'qituvchi ikki nafar o'quvchiga qo'l ko'targani ma'lum bo'ldi. Hodisa 15-sentabr kuni soat 08:40 atrofida sodir bo'lgan va kuzatuv kamerasiga tushgan. Holat yuzasidan o'qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bo'yicha ish olib borilmoqda — bu haqda “Millar” dasturida ma'lum qilingan.
Hodisa tafsilotlari
Dasturga ko'ra, o'sha kuni o'qituvchi ikki nafar o'quvchiga qo'l ko'targan. Ulardan biri sinfxonaga sudrab olib ketilib, bir necha bor urilgan. O'quvchining o'qituvchini so'kishi holatga sabab bo'lgan, voqea kuzatuv kamerasiga ham tushgan.
Reklama
O'g'lim telefon qildi. Oyijon, yordam bering, o'rtog'imni urib o'ldirib qo'yishyapti dedi. Kelsam, hamma medpunktda ekan. Bolamning bo'yni qizarib ketgan, yig'lab o'tirgan ekan.
O'quvchilardan birining onasi
Videoda o'g'limni urayotganini ko'rdim. Bo'ynidan tortib sudrab olib kelgan. O'g'lim qarshilik qilib, qo'yib yuboring, ustoz degan.
O'quvchilardan birining otasi
Otaning so'zlariga ko'ra, u videoni ko'rgach holat yuzasidan 102 raqamiga murojaat qilgan.
Ko'rilgan choralar
Mazkur voqea vaqtida sinfda yana bir o'qituvchi ham bo'lgan. Biroq u boshqa sinf o'quvchisini urayotganini ko'rgan bo'lsa-da, holatga aralashmay sinfni tark etgan. Maktab rahbariyati uning bu harakatini noto'g'ri deb baholagan.
Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i o'rinbosari Gulandom Jumaniyozovaning ma'lum qilishicha, holat o'rganilib, o'qituvchidan tushuntirish xati olingan va unga hayfsan berilgan.
- Ichki ishlar xodimlari holat yuzasidan ish olib bormoqda;
- O'qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda;
- Holatga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani aytilgan boshqa o'qituvchiga intizomiy ogohlantirish berilgan.
O'qituvchilarning o'quvchilarga nisbatan jismoniy ta'siri bo'yicha Namangandagi holat va maktab o'quvchilariga qo'yilgan 6 ta taqiq haqidagi materiallarimizni ham o'qishingiz mumkin.











![Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi IOI 2026 boshlandi [Video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F08%2Fphoto_2026-08-10_16-04-04.webp&w=1920&q=75)





Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring