Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalar bo'yicha qonunchilik ijrosi o'rganilib, ayrim hududlarda ota-onalar to'lovining davlat hisobidan qoplanadigan qismi belgilangan miqdordan kam to'langani aniqlandi. Muammo Biznes-ombudsman devoni aralashuvi bilan bartaraf etildi.
Aniqlangan kamchilik
Tuman markazlarida joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida boquvchisini yo'qotgan ayollarning farzandlari uchun ota-onalar to'lovi kompensatsiyasi tuman markazlari uchun belgilangan miqdordan kam to'lab kelingan.
Reklama
Bo'ston tumanidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti misolida ayrim toifadagi oilalar farzandlari uchun har oyda 178 ming so'm miqdorida to'lov amalga oshirilishi lozim bo'lgan, biroq amalda 125 ming so'm subsidiya to'langan — farq 53 ming so'mni tashkil qilgan.
Ko'rilgan choralar
Vakil devoni aralashuvi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko'rildi. Tuman markazlariga mansub fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga aniqlik kiritilib, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida hisob-kitoblar qayta amalga oshirildi.
Natija
- Tuman markazlarida joylashgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 2 240 nafar tarbiyalanuvchisi uchun Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-son qarorida belgilangan miqdorda kompensatsiya to'lanishi yo'lga qo'yildi;
- Buning natijasida tadbirkorlar hisobiga har oy qo'shimcha 130,8 million so'm subsidiya to'lanadi.
Avvalroq bog'cha to'lovini bolaning JShShIR raqami orqali to'lash mumkinligi haqida xabar bergan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring