Olis va chekka hududlarda ishlayotgan nodavlat o'quv markazlari bino ijarasi hamda yangi jihoz va asbob-uskunalar xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha subsidiya olishi mumkin. Buning uchun my.gov.uz orqali ariza topshirish talab etiladi. InfoEdu.uz tushuntirishicha, bu imkoniyat ayniqsa chekka hududda markaz ochgan yosh tadbirkorlar uchun mo'ljallangan.
Subsidiya uch shart asosida beriladi
Pul olish uchun markaz olis va chekka hududda joylashgan bo'lishi kerak. Shuningdek, bino bo'yicha rasmiy ijara shartnomasi mavjud bo'lishi shart. Uchinchi talab — markazda o'qiyotganlarning kamida 20 foizi 14-30 yoshdagi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a'zolari bo'lishi lozim.
Reklama
Ariza my.gov.uz orqali topshiriladi
Ariza my.gov.uz portali orqali elektron shaklda yuboriladi. Buning uchun OneID orqali avtorizatsiyadan o'tib, tegishli davlat xizmatini tanlash kerak. Ariza beruvchi markaz hamda Ijtimoiy reyestrdagi o'quvchilar ro'yxatiga oid zarur hujjatlarni elektron shaklda yuklaydi. Ariza belgilangan tartibda ko'rib chiqilgach, murojaat natijasi bo'yicha rasmiy xabarnoma yuboriladi. Subsidiya Yoshlar daftari jamg'armasi mablag'lari hisobidan ajratiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.