Qisqacha mazmun:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Isteʼdodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash “Ulug'bek” jamg'armasi bilan hamkorlikda “Mirzo Ulug'bek” onlayn maktabi tashkil etildi.
Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida 3 ta tog'li va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan.
Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo'shrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablar.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Isteʼdodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash “Ulug'bek” jamg'armasi bilan hamkorlikda “Mirzo Ulug'bek” onlayn maktabi tashkil etildi.
Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida 3 ta tog'li va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo'shrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablar. Mazkur maktablarda yuqori sinf o'quvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qo'shimcha taʼlim oladi.
Onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad chekka hududlar va tog'li joylarda taʼlim sifatini oshirish hamda isteʼdodli yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar bersa, Respublikaning boshqa tog'li va chekka hududlaridagi taʼlim muassasalarida ham joriy etilishi mumkin.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.























Javoblar (0 )