HEMIS tizimining 5-sentabr kungi 1.9.53 versiyasida ikkinchi oliy ta'lim talabalari va xorijiy talabalarni tizimga kiritish, o'qishga tiklash hamda talabalarni rasmiylashtirish jarayonlariga o'zgartirishlar kiritildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma'lum qildi.
Ikkinchi oliy ta'lim uchun uchta yangilik
Birinchidan, ikkinchi oliy ta'limga qabul qilingan hamda texnikumni bitirib, suhbat asosida qabul qilingan talabalarni verifikatsiya orqali tizimga kiritish anketasi ishlab chiqildi — manzil: “Talabalar bazasi → Ikkinchi ta'lim talabani kiritish”. Ikkinchidan, “Ta'lim buyruqlari” modulida ularni rasmiylashtirish uchun “Darslarga ruxsat berish (ikkinchi ta'lim)” farmoyishi va uning shabloni yaratildi. Uchinchidan, ikkinchi ta'lim talabalari uchun alohida o'quv rejasi yaratiladigan holatlardagi funksional takomillashtirildi: ta'lim shaklida “Ikkinchi oliy” tanlansa, o'quv reja semestrlari 3-semestrdan boshlab yaratiladi.
Tiklash va xorijiy talabalarni kiritish tartibi
O'qishga tiklash buyrug'i funksionali ham yangilandi: buyruqqa talaba qo'shishda hujjat parametri hisobga olinadi, chetlashtirilgan talabalarni esa verifikatsiya orqali tiklash mumkin bo'ldi. Xorijiy talabalar masalasida esa tartib qat'iylashtirildi — “Talabalar bazasi → Talaba yaratish” orqali ularni kiritish olib tashlandi. Endi xorijiy talabalar faqat “Talabalar bazasi → Xorijiy talabani kiritish” menyusi orqali, verifikatsiya bilan tizimga kiritiladi.
Anketa va buyruqlardagi mayda o'zgarishlar
Yangi talaba qo'shishda anketadagi “Farmoyish/Buyruq” maydonida endi hech qanday hujjat oldindan tanlanmaydi — hujjatlar faqat buyruqlar rasmiylashtirilgandan so'ng ko'rinadi. Shuningdek, darslarga ruxsat berish, o'qishni bekor qilish, o'qishga qabul qilish va akademik mobillikka qabul qilish buyruqlarida talabalarni qo'shish parametrlari takomillashtirildi. Eslatib o'tamiz, avvalroq yangi talabalarni HEMISga kiritish boshlangani haqida yozgandik.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.