O’qiyotgan talaba yana oliygohga qabul qilinsa nima bo’ladi?

Bir oliygohda o’qiyotgan talaba OTMlarga qabul jarayonida yana hujjat topshirgan va qabul qilingan. Endi nima qilish kerak — maqoladan bilib oling.

O’qiyotgan talaba yana oliygohga qabul qilinsa nima bo’ladi?

Talaba bitta oliygohda o'qiyapti. OTMlarga qabul jarayonida u yana hujjat topshirgan. Yangi oliygohga qabul qilinsa — nima bo'ladi? Bu savol ko'pchilik talabani qiziqtiradi.

Avvalo aniqlik kiritamiz: bu yerda gap bir vaqtning o'zida ikkita oliygohda o'qish yoki ikkita oliygohga birdan hujjat topshirish haqida emas. Gap — allaqachon talaba bo'lgan shaxsning yana OTMlarga qabul jarayonida ishtirok etishi va qabul qilinishi oqibati haqida ketmoqda.

Qabul qilinsa nima bo'ladi?

Reklama

Talaba yangi oliygohga qabul qilingan taqdirda, o'qishni yangi oliygohda davom ettirish uchun avvalgi oliygohdan hujjatlarini olib chiqishi, ya'ni talabalar safidan chiqishi kerak bo'ladi.

Buning sabablari quyidagicha:

  • Diplom asl nusxasi: yangi oliygohga qabul qilinayotganda maktab, litsey yoki kollej diplomining originali talab qilinadi. Asl nusxa faqat bitta joyda bo'lishi mumkin — avvalgi oliygohdan olinib, yangisiga topshiriladi;
  • HEMIS tizimi: barcha talabalarning ma'lumotlari HEMIS axborot tizimida yuritiladi. Tizim bir kishini bir vaqtda ikkita kunduzgi ta'lim yo'nalishida talaba sifatida ro'yxatga olmaydi.

Qanday qadamlar tashlash kerak?

Yangi oliygohga qabul qilinganingiz haqidagi natijalar e'lon qilingach, avvalgi oliygohning dekanatiga murojaat qilib, hujjatlaringizni olishingiz va talabalar safidan chiqishingiz lozim. Shundan so'ng yangi oliygohga hujjatlarni topshirib, o'qishni boshlashingiz mumkin.

Ya'ni yakunda talaba bitta oliygohda qoladi — avvalgisida emas, yangisida. Avvalroq bir vaqtning o'zida 2 ta oliygohda o'qish masalasi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz talabalar uchun muhim ma'lumotlarni yoritishda davom etadi.

Yangi oliygohda o'qishni davom ettirish uchun avvalgi oliygohdan hujjatlarni olib chiqish, ya'ni talabalar safidan chiqish kerak bo'ladi. Yakunda talaba bitta — yangi oliygohda qoladi.
Diplom asl nusxasi faqat bitta joyda bo'lishi mumkin — yangi OTMga original topshiriladi. Shuningdek HEMIS tizimi bir kishini bir vaqtda ikkita kunduzgi yo'nalishda ro'yxatga olmaydi.
Natijalar e'lon qilingach, avvalgi oliygohning dekanatiga murojaat qilib hujjatlarni olish va talabalar safidan chiqish, so'ng yangi oliygohga hujjatlarni topshirish lozim.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar