Birinchi kursning birinchi semestriga o’qishni ko’chirish mumkin emas

Birinchi kursning birinchi semestriga, akkreditatsiyaga ega bo’lmagan xorijiy oliygohlardan va qo’shma dasturlar bo’yicha ko’chirish rad etiladi.

Birinchi kursning birinchi semestriga o’qishni ko’chirish mumkin emas

Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qanday hollarda rad etilishi mumkinligi tartibda belgilangan. Quyida shu asoslar keltirilgan.

O‘qishni ko‘chirish rad etiladigan holatlar

  • xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
  • oliy ta’lim tashkilotlarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarida o‘qiganlarga;
  • birinchi kursning birinchi semestriga o‘qishni ko‘chirishga;
  • oliy ta’lim tashkilotida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;
  • to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
  • talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
  • davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklashda qabul parametrlari doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;
  • oliy ta’lim tashkiloti moddiy-texnik bazasining imkoniyati cheklanganda;
  • maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli yoki boshqa oliy ta’lim tashkilotiga o‘tishga;
  • bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;
  • talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa;
  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

Reklama

Istisno qilinadigan holatlar

Birinchi kursning birinchi semestriga ko‘chirishga ruxsat berilmasa-da, bu qoidada istisnolar bor: talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmagani hamda ko‘chirib tiklash holatlari. Qo‘shma ta’lim dasturining o‘zi bo‘yicha ko‘chirish ham ushbu cheklovdan mustasno.

Semestrga tavsiya etish tartibi

Talabani o‘qimagan semestrdan keyingi semestrga o‘qishga tavsiya etishga ruxsat berilmaydi.

Perevod bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar alohida materialimizda keltirilgan.

Yo‘q. Faqat istisno holatlarda — kasallik tufayli akademik ta’til berilganda, o‘qigan yo‘nalish mavjud bo‘lmaganda va ko‘chirib tiklash holatlarida.
Akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida o‘qiganlarga.
Yo‘q — davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklashda qabul parametrlari doirasida bo‘sh o‘rin bo‘lmasa rad etiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar