Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif qilinmoqda

2027/2028-o’quv yilidan Amir Temur nomli davlat stipendiyasi joriy etilishi taklif qilinmoqda. Kimlar talabgor bo’la oladi va qanday talablar bor?

Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari uchun 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif etilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasida belgilangan.

Talabgor bo‘ladigan talabalar

Stipendiya davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga berilishi mumkin. Har bir oliy ta’lim tashkiloti uchun stipendiya soni bittadan belgilanishi taklif qilinmoqda.

Reklama

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar

  • a’lo o‘qish;
  • ilmiy yoki ijodiy ishlar bilan shug‘ullanish, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etish;
  • O‘zbekiston tarixi, davlat tili hamda kamida bitta xorijiy tilni bilish;
  • bitiruv malakaviy ishi Amir Temur va temuriylar merosiga bag‘ishlangan bo‘lishi yoki shu yo‘nalishda kamida ikkita ilmiy ish e’lon qilingan bo‘lishi.

Hujjatlar qabul qilinadigan muddat

Loyihaga muvofiq tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar hujjatlarini har yili 5—15-sentabr kunlari my.edu.uz tizimiga yuklaydi.

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab — hozircha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida taklif etilmoqda.
Har bir oliy ta’lim tashkiloti uchun bittadan.
Har yili 5—15-sentabr kunlari my.edu.uz tizimiga.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar