Ikkinchi mutaxassislikka qabul 2024/2025: Onlayn ro‘yxatdan o‘tish

2024/2025-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi, kerakli hujjatlar va my.edu.uz portali haqida batafsil ma’lumot.

5
Ikkinchi mutaxassislikka qabul 2024/2025: Onlayn ro‘yxatdan o‘tish

Ikkinchi mutaxassislikka qabul 2024/2025: Asosiy ma'lumotlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi taʼlimga talabgorlarni onlayn qabul qilish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Nomzodlar 10-avgust sanasiga qadar ariza topshirishlari mumkin.

Ikkinchi mutaxassislikka qanday hujjat topshiriladi?

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, u Yagona taʼlim xizmatlari portali (my.edu.uz) orqali amalga oshiriladi. Nomzodlar platformaga quyidagi ma’lumotlarni kiritishlari talab etiladi:

  • Pasport maʼlumotlari va JSHSHIR;
  • Diplom va uning ilovasining elektron nusxasi;
  • Tanlangan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yo‘nalishi.

Shuni yodda tutingki, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qish faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Tanlanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumot olish foydali bo‘lishi mumkin.

Qabul parametrlari qanday belgilanadi?

Ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘rinlar soni universitetning moddiy-texnik bazasi hamda ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi. Oliy o‘quv yurtlari haqida batafsil ma’lumotlarni rasmiy manbalardan kuzatib borishingiz mumkin.

Ushbu jarayon bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar