Oliy ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” yo‘nalishi, maxsus uch yillik ta‘lim dasturiga qabul qilish bo‘yicha test sinovi ruxsatnomalari e‘lon qilindi. Sinov 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Test sinovi qachon o‘tkaziladi?
Test sinovlari 2026-yil 25-avgust (seshanba) kuni o‘tkaziladi. Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qaroriga muvofiq 10-iyuldan 10-avgustgacha bo‘lgan.
Reklama
Ruxsatnoma qayerdan olinadi?
Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali “Toshkent davlat yuridik universiteti — Ikkinchi ta‘limga qabul” bo‘limidan yuklab olish mumkin.
Imtihonga kiritish tartibi
Talabgorlar imtihonga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda, ko‘rsatilgan manzildagi binoga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki biometrik pasport) hamda imtihon ruxsatnomasi bilan yetib kelishiladi. Binoga kiritish soat 07:30 da boshlanadi, 08:15 dan kech kelganlar kiritilmaydi.
Avvalroq ikkinchi mutaxassislik uchun yurisprudensiya e‘lonlari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.