Vakant o‘ringa kirish uchun fan majmuasida bo‘sh o‘rin kerak

Vakant o’rinlarga qo’shimcha tanlovga kira olish bir nechta shartga bog’liq. Fan majmuasida bo’sh o’rin va raqobat tartibi — maqoladan bilib oling.

Vakant o‘ringa kirish uchun fan majmuasida bo‘sh o‘rin kerak

Bakalavriat yo‘nalishlariga kirish imtihonida 56,7 ball to‘plagan abituriyentlar vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Biroq buning bir nechta sharti bor va ularni bilmaslik imkoniyatni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Fan majmuasi — kirish imtihonida yechgan fanlar to‘plami. Masalan, matematika, ona tili va tarix bo‘yicha imtihon topshirgan abituriyent aynan shu fanlar majmuasidagi vakant o‘ringa murojaat qilishi mumkin.

Asosiy shart nima?

Eng muhim shart — vakant o‘rin siz test yechgan fanlar majmuasi bo‘yicha bo‘lishi shart. Ya‘ni ariza topshirgan yo‘nalishingizning fan majmuasida bo‘sh kvota bo‘lmasa, qo‘shimcha tanlovga kira olmaysiz.

Reklama

Bo‘sh kvota talaba bo‘lishni kafolatlaydimi?

Shu bilan birga, bo‘sh kvota borligi talaba bo‘lasiz degani ham emas. Siz o‘xshash vaziyatdagi — 5 ta yo‘nalishga kira olmagan boshqa abituriyentlar bilan aynan o‘z natijangiz bo‘yicha bellashasiz.

Vakant o‘ringa kimlar murojaat qilishi mumkinligi haqida vakant o‘rinlarga kirish tartibi batafsil yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Kirish imtihonida 56,7 ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar murojaat qiladi.
Vakant o‘rin siz test yechgan fanlar majmuasi bo‘yicha bo‘lishi shart. Fan majmuasida bo‘sh kvota bo‘lmasa, tanlovga kira olmaysiz.
Yo‘q. Siz o‘xshash vaziyatdagi boshqa abituriyentlar bilan natijangiz bo‘yicha bellashasiz.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar