Oliy ta‘limga kira olmagan, biroq belgilangan minimal balldan yuqori to‘plagan abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat ochildi. Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi, deya ma‘lum qildi Bilimni baholash agentligi.
Kimlar ishtirok etadi?
Ushbu imkoniyat 56,7 ball va undan yuqori to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga beriladi. Bu ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida o‘rni va yo‘nalishini tanlamaganlar uchun ham amal qiladi.
Reklama
Necha o‘rin va qachon?
2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliygohda 31 808 ta vakant o‘rin mavjud. Ro‘yxatdan o‘tish 22-28-avgust kunlari my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Qanday tanlash mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar fanlar majmuasi va ta‘lim tili mos keladigan, vakant o‘rinlar mavjud yo‘nalishlarni tanlashi mumkin. Tavsiya ballari ketma-ketligiga qat‘iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida beriladi.
Avvalroq vakant o‘rinlarga kirish imkoniyati yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
56,7 ball va undan yuqori to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ishtirok etadi.
2026-yil 22-28-avgust kunlari my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
80 ta oliygohda jami 31 808 ta vakant o~rin bor.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.