Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish bugun yakunlanadi

2026/2027-o’quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun hujjat topshirish bugun, 10-avgustda yakunlanadi. 25 373 nafar talabgor ariza topshirgan.

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish bugun yakunlanadi

2026/2027-o'quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagida bo'lgan fuqarolar uchun hujjat topshirish jarayoni bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi. 10-avgust soat 09:35 holatiga ko'ra, 25 373 nafar talabgor onlayn ariza topshirgan.

my.edu.uz orqali qanday hujjat topshiriladi?

Nomzodlar my.edu.uz platformasida quyidagilarni amalga oshiradi:

Reklama

  • pasport va JSHSHIR ma'lumotlarini kiritadi;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
  • o'qish istagidagi oliy ta'lim muassasasi va ta'lim yo'nalishini tanlaydi.

Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim to'liq to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, ikkinchi mutaxassislik bo'yicha qabul kvotalari (parametrlari) OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, oliy ta'lim muassasasining o'z Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga qabul natijalari oliy ta'lim muassasalari tomonidan 30-avgustga qadar e'lon qilinadi. Avvalroq ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish jarayoni haqida xabar bergan edik.

Hujjat topshirish jarayoni bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi. 10-avgust soat 09:35 holatiga ko'ra 25 373 nafar talabgor onlayn ariza topshirgan.
10-avgust soat 09:35 holatiga ko'ra 25 373 nafar talabgor onlayn ariza topshirgan. Jarayon bugun yakunlanadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga qabul natijalari oliy ta'lim muassasalari tomonidan 30-avgustga qadar e'lon qilinadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar