56,7 balldan past olganlar super-kontrakt qila olmaydi

Minimal o‘tish balidan past natija qilganlar super-kontrakt qila oladimi? Yangi tartib qanday va avvalgi yillarda qanday edi — maqoladan bilib oling.

56,7 balldan past olganlar super-kontrakt qila olmaydi

Minimal o‘tish balidan past natija qilgan abituriyentlarga joriy yilda super-kontrakt qilish imkoniyati berilmaydi. Endi super-kontraktda o‘qish uchun ham 56,7 balldan yuqori natija talab etiladi.

Avvalgi yillarda qanday edi?

Avvalgi yillarda minimal baldan past ball olgan abituriyentlarga ham super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berilar edi. Buning uchun amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish talab etilgan. Masalan, super-kontrakt 100 million so‘m bo‘lsa, 200 million so‘m to‘lab o‘qish mumkin edi.

Reklama

Nima o‘zgardi?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori bilan ushbu tartib bekor qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plagan ballari minimal o‘tish balidan kam bo‘lmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qo‘shimcha qabul asosida qabul qilinmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Avvalroq 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar nima qilishi kerakligi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Yo‘q. Joriy yilda minimal o‘tish balidan past natija qilganlarga super-kontrakt qilish imkoniyati berilmaydi.
Minimal baldan past olganlarga ham super-kontrakt berilar edi — eng yuqori miqdorning 2 barobariga teng to‘lov evaziga. Bu tartib 2025-yil sentabrda bekor qilindi.
Super-kontraktga faqat minimal o‘tish balidan kam bo‘lmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida qabul qilinmagan abituriyentlar murojaat qilishi mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar