2-mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda
2024/2025-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim (2-mutaxassislik) uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 10-avgust kuniga qadar amalga oshiriladi.
Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish kerak?
Nomzodlar platformada quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim:
- Pasport ma’lumotlari va JSHSHIR;
- Diplom va uning ilovasi elektron nusxasi;
- Tanlangan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qish faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Tanlangan yo‘nalishlaringiz bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumot olishingiz mumkin.
Muhim ma’lumotlar
Qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqqan holda universitet kengashi tomonidan belgilanadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun talabalar uchun bo‘limimizni kuzatib boring.
Siz ushbu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.
















