O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari hali e’lon qilinmagan. Oxirgi besh yilda natijalar testdan 1–2 kun o‘tib chiqqan bo‘lsa, bu yil an’ana buzildi — 21-avgust kuni ham natijalar hali e’lon qilinmadi.
Oxirgi 5 yillikda natijalar qachon e’lon qilingan?
| Yil | E’lon sanasi | Testdan keyin |
|---|---|---|
| 2021 | 24-avgust | 1 kun o‘tib |
| 2022 | 24-avgust | 1 kun o‘tib |
| 2023 | 18-avgust | 2 kun o‘tib |
| 2024 | 20-avgust | 1 kun o‘tib |
| 2025 | 19-avgust | 1 kun o‘tib |
Reklama
2026-yil holati qanday?
Joriy yilda xorijiy va nodavlat oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish testlari 19–20-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yillik an’anaga ko‘ra, natijalar 20-avgust kuni e’lon qilinishi kerak edi, biroq hozircha bu kutilmagan. Bilimni baholash agentligi natijalarni e’lon qilish muddatlari haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
Talabgorlar uchun muhim jihat — natijalar e’lon qilinishi bilan qaydnomalar tegishli oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.