Xorijiy yoki nodavlat oliygohda o‘qiyotgan talabalar uchun muhim xabar. Respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Bilimni baholash agentligi.
Test sinovlari qanday tashkil etiladi?
Test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi:
Reklama
- 1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
- 2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar.
Sinovlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan — jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Ularni ishlash va javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Testga qachon kelish kerak?
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga sinov boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart. Tekshiruvlardan o‘tgan holda:
- 1-smena ishtirokchilari 07:30 ga qadar;
- 2-smena ishtirokchilari 14:30 ga qadar
o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
Ruxsatnoma qayerdan olinadi?
Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olish mumkin. Ruxsatnoma va ko‘chirish jarayoni haqida o‘qishni ko‘chirish ruxsatnomalari qachon chiqishi haqida avvalroq yozgan edik.
InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.