Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filiali uchun jami 440 ta kvota tasdiqlandi.
Kvotalar qanday taqsimlandi?
265 ta kvota kunduzgi ta’lim uchun (80 ta grant va 185 ta to‘lov-kontrakt), 175 ta kvota esa muqobil ta’lim shakli uchun (to‘lov-kontrakt) ajratilgan. Jami: 80 ta grant va 360 ta kontrakt o‘rni.
Reklama
Kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari
| Ta’lim yo‘nalishi | Jami | Grant | Kontrakt |
|---|---|---|---|
| Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi | 50 | 15 | 35 |
| Elektr energetikasi va elektr texnikasi | 75 | 22 | 53 |
| Fundamental informatika va axborot texnologiyalari | 25 | 8 | 17 |
| Iqtisodiyot | 50 | 15 | 35 |
| Elektronika va nanoelektronika | 25 | 8 | 17 |
| Sifatni boshqarish | 40 | 12 | 28 |
Muqobil ta’lim shakli
Muqobil ta’lim shakli uchun 175 ta kontrakt kvotasi ajratilgan: Issiqlik energetikasi — 25, Elektr energetikasi — 50, Fundamental informatika — 25, Iqtisodiyot — 50, Sifatni boshqarish — 25 ta o‘rin.
Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Hujjatlar 25-avgustgacha qabul qilinadi. Avvalroq Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochilgani haqida yozgan edik.
InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.