O'qishni ko'chirish uchun ruxsatnomalar qachon chiqishi ko'pchilik talabgorlarni qiziqtirayotgan savol. O'tgan yilgi tajribaga nazar tashlaymiz: 2025-yilda o'qishni ko'chirish jarayonlari 5-avgust sanasida, to'lov qilish imkoniyati esa 6-avgust kuni yakunlangan edi. Test sinovlari uchun ruxsatnomalar 7 kundan keyin — 12-avgust, soat 18:00 atrofida e'lon qilingan.
Bu yil nima o'zgardi?
Bu yil esa o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun istisno tariqasida 10-avgust sanasigacha surib berildi. Natijada ruxsatnoma chiqish sanasi biroz surilishi mumkin.
Reklama
Ya'ni o'tgan yilgi jadvalga tayanadigan bo'lsak, ruxsatnomalar 13-14-avgust kunlari atrofida e'lon qilinishi kutilmoqda. Avvalroq o'qishni ko'chirish ruxsatnomalari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz o'qishni ko'chirish jarayonlari bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.