Avgust oyida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonini topshiradigan talabgorlar uchun ruxsatnomalar taqdim etildi. Hujjat orqali imtihon kuni, o‘tkaziladigan joy va aniq vaqtni bilib olish mumkin, deya ma‘lum qildi Bilimni baholash agentligi.
Imtihon qachon o‘tadi?
Imtihonning yozma qismi 24-avgust kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi esa 25-avgustdan 4-sentabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
Reklama
Ruxsatnoma qayerdan olinadi?
Ruxsatnoma my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olinadi. Unda talabgorning imtihon kuni, o‘tkaziladigan joyi va aniq vaqti ko‘rsatilgan bo‘lib, belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Imtihon qanday tashkil qilinadi?
Talabgorlar imtihon binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Barcha hududlar bo‘yicha aniq manzil va geolokatsiya imtihon o‘tkaziladigan joylar ro‘yxatida keltirilgan.
InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.