Ikkinchi oliy ta’lim olish tartibi: Barcha kerakli ma’lumotlar

O‘zbekistonda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi, hujjat topshirish muddatlari va o‘qish shartlari haqida batafsil ma’lumot oling.

7
Ikkinchi oliy ta’lim olish tartibi: Barcha kerakli ma’lumotlar

Ikkinchi oliy ta'lim olish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun ikkinchi mutaxassislikni egallash imkoniyati yaratilgan. Hukumatning 606-sonli qaroriga ko‘ra, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi quyidagicha belgilangan:

Kimlar ikkinchi oliy ta'limga topshirishi mumkin?

Bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega bo‘lgan shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qayta o‘qishlari mumkin. Muhim jihati, ushbu nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul jarayoni va muddatlar

  • Hujjat topshirish: Har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha maxsus elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
  • Qabul parametrlari: OTM kengashi tomonidan belgilanadi.
  • Imtihonlar: Kirish imtihoni shakli va baholash mezonlari 1-iyulgacha OTM rasmiy saytida e’lon qilinadi.
  • Natijalar: 30-avgustgacha e’lon qilinadi.

O‘qish jarayoni haqida

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. O‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat yo‘nalishi uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Sizni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumot olishingiz yoki talabalar uchun foydali maslahatlarni o‘qib chiqishingiz mumkin.

Batafsil maʼlumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar