Ta‘limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (TRM) 2026-yilning birinchi yarmida 7 ta me‘yoriy hujjat loyihasi, 60 dan ortiq darslik va 210 ta metodik tavsiya ishlab chiqqani haqida hisobot berdi.
Normativ hujjatlar va dasturlar
- 7 ta me‘yoriy hujjat loyihasi — Prezident qarori va VMning 2 ta qarori
- “Ta‘limda sun’iy intellektni rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi tayyorlangan
- “Yagona ta‘lim ekotizimi” hujjati loyihasi ishlab chiqilgan
Reklama
Darsliklar va metodik materiallar
Matematika, tabiiy fanlar, kimyo, informatika va musiqa fanlari bo‘yicha davlat ta‘lim standartlari va dasturlari loyihasi ishlab chiqilib, 60 dan ortiq darslik va o‘quv-metodik majmualar muhokamadan o‘tkazildi. Amaliyotga 210 ta metodik tavsiya va dars ishlanmalari tatbiq etildi. Boshlang‘ich sinflar uchun PIRLS tadqiqoti formati asosida 8 ta mashq daftari tayyorlandi.
Pedagoglar uchun metodik marafon
Yanvar va iyun oylarida o‘tkazilgan “Metodik marafon” tadbirlarida respublika bo‘yicha 340 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi va 4 600 dan ortiq mahorat darslari tashkil qilindi. “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida 12 ta “Meetup” uchrashuvida 5 mingdan ortiq pedagog qamrab olindi.
Psixologik yordam va xalqaro tadqiqotlar
80 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi ishtirokida 850 nafar maktab psixologi trener sifatida tayyorlandi. PIRLS 2026 tadqiqoti 14 ta hududdagi 164 ta maktabda, TIMSS 2027 tajriba-sinov jarayonlari 27 ta maktabda o‘tkazildi. Elektron platforma orqali 14 mingdan ortiq ishtirokchini qamrab olgan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Raqamli ta‘lim va yangi loyihalar
Maktabgacha ta‘lim uchun “O‘zbek tili” interfaol platformasi va “O‘quv-metodik faoliyatga oid atamalar lug‘ati” elektron tizimi ishga tushirildi. 10-11-sinf o‘quvchilarini STEM ta‘limiga qiziqtirish maqsadida “STEM Bus” loyihasi bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Pedagoglar uchun 52 ta videodars, 300 ta illyustratsiya va o‘nlab animatsion materiallar yaratildi.
Ta‘limni raqamlashtirish bo‘yicha ishlar
Maktabgacha ta‘lim uchun “O‘zbek tili” interfaol platformasi va “O‘quv-metodik faoliyatga oid atamalar lug‘ati” elektron tizimi ishga tushirildi. Pedagoglar va ta‘lim oluvchilar uchun 52 ta videodars, 300 ta illyustratsiya va o‘nlab animatsion materiallar tayyorlandi. 10-11-sinf o‘quvchilarini STEMga qiziqtirish uchun “STEM Bus” loyihasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Xalqaro hamkorlik doirasida UNICEF, Qozog‘istonning “Orleu” markazi, Koreyaning Kukmin universiteti bilan memorandumlar imzolandi. Markaz vakillari Yaponiya, Koreya va Yevropa davlatlarida xalqaro ta‘lim loyihalarida juda faol ishtirok etdi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.