Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan uning "O'zbekiston va Koreya Respublikasi: o'zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi Koreyaning nufuzli nashrlari – "The Chosun Daily" platformasi hamda "The Korea Herald" gazetasida chop etildi.
Maqolada O'zbekiston va Koreya do'stligining tarixiy asoslari hamda yuksak ishonchga tayangan strategik sheriklik istiqbollari yoritilgan. Koreyaning bir avlod davomida farovon, yuqori texnologiyali davlatga aylanish yo'li va modernizatsiya borasidagi tajribasi Yangi O'zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.

Reklama
Hamkorlik ko'rsatkichlari
| Ko'rsatkich | Ma'lumot |
|---|---|
| O'zaro savdo | so'nggi yillarda 5 barobar oshgan |
| Koreya investitsiyalari | 8 milliard dollardan ortiq |
| Qo'shma korxona va loyihalar | 700 dan ziyod |
| KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan dasturlar portfeli | 3,5 milliard dollardan ortiq |
Yangi bosqichdagi yo'nalishlar
Yangi bosqichdagi hamkorlik sun'iy intellekt, yarim o'tkazgichlar, robototexnika, elektr transporti, biofarmatsevtika, "aqlli" qishloq xo'jaligi va "aqlli shaharlar"ni qamrab oladi.
Ta'lim yo'nalishidagi hamkorlik ham davom etmoqda: KOICA O'zbekistonda IT ta'limini rivojlantirish uchun 14 million dollar grant ajratgani haqida alohida maqolada, Koreyada magistratura bosqichida bepul o'qish imkoniyatlari haqida esa bu materialda yozilgan.
Maqoladagi asosiy fikrlar
Hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz – alohida sohalardagi muvaffaqiyatli aloqalardan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o'tishimiz mumkin
Shavkat Mirziyoyev, Prezident
Davlatimiz rahbari maqolada Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o'zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantirishga ishonchi borligini ham bildirgan.
Seuldagi ilk sammit
Maqolada 16-sentabr kuni Seulda o'tadigan ilk "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" sammitiga alohida to'xtalingan. Davlatimiz rahbari sammitda O'zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surish niyatida ekani ta'kidlangan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring