KOICA magistratura grantlari: Koreyada ta'lim olish imkoniyati
O‘zbekistonlik abituriyentlar va mutaxassislar uchun ajoyib yangilik! Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) uzoq muddatli magistrlik dasturlariga hujjatlar qabuli boshlandi. Bu talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish va Koreyaning nufuzli universitetlarida bepul ta'lim olish imkonini beradi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- O‘zbekiston hukumati tomonidan tavsiya etilgan fuqarolar bo‘lishi;
- Davlat xizmatchilari, davlat tashkilotlari, banklar yoki ilmiy tadqiqot institutlari xodimlari;
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Tanlangan sohada kamida 2 yillik mehnat staji;
- Ingliz tilini yuqori darajada bilish.
Grant dasturi yo‘nalishlari:
Qo‘shimcha qabul quyidagi sohalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Social Economy (KAIST)
- Response to Climate Change (Incheon National University)
- Applied Artificial Intelligence (Major in Digital Innovation) (Hanyang University)
- Control of Infectious Disease (Yonsei University)
- Digital Transformation Technology (Soongsil University)
- Asian Smart City (Sungkyunkwan University)
- Asian High Value-added Agriculture (Kyungpook National University)
- Asian Civil Society Leadership (Ajou University)
- Asian Gender Leadership (Ewha Womans University)
Hujjat topshirish va qo‘shimcha ma'lumot
Batafsil ma'lumot olish uchun har bir yo‘nalishning Ariza topshirish yo‘riqnomasi (Application guideline) va Program information bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. Abituriyentlar uchun ushbu grantlar xalqaro standartdagi ta'lim olish uchun muhim qadamdir.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2022-yil, 5-maygacha.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga murojaat qiling: +99890 045 4228 / [email protected]. Batafsil ma'lumotlar uchun rasmiy saytga o‘ting.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.