Xitoy insonsimon robotlar uchun dunyodagi birinchi maktabni ochdi

Robotlar ham maktabda o‘qiydi? Xitoyning Hangzhou shahrida insonsimon robotlarni o‘qitadigan birinchi maktab ochildi — qanday fanlar o‘qitiladi, maqoladan bilib oling.

Xitoy insonsimon robotlar uchun dunyodagi birinchi maktabni ochdi

Xitoy insonsimon robotlarni o‘qitishga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi robot maktabini ochdi. Muassasa Hangzhou shahrida (Jechjiang provinsiyasi) joylashgan.

Maktabda qanday fanlar o‘qitiladi?

Hangzhou Robot School to‘rtta ixtisoslashgan dastur taklif etadi:

Reklama

  • Texnik ko‘nikmalar;
  • Hamshiralik (parvarish);
  • San’at;
  • Sport.

O‘quv dasturi nimalarga qaratilgan?

O‘quv dasturi har tomonlama rivojlangan, keng amaliy va ijodiy qobiliyatlarga ega robotlar tayyorlashga qaratilgan. Ya’ni robotlar nafaqat texnik vazifalarni, balki parvarish, ijod va sport sohalarida ham qobiliyatlarini oshirishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston yoshlarining robototexnika bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyati haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Dunyodagi birinchi robot maktabi Xitoyning Hangzhou shahrida (Jechjiang provinsiyasi) ochildi.
Maktabda to‘rtta ixtisoslashgan dastur mavjud: texnik ko‘nikmalar, hamshiralik (parvarish), san’at va sport.
O‘quv dasturi keng amaliy va ijodiy qobiliyatlarga ega har tomonlama rivojlangan robotlar tayyorlashga qaratilgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar