O‘zbekiston yoshlari Xitoyning Sanya shahrida bo‘lib o‘tgan World Robot Summit (WRS) xalqaro robototexnika chempionatida yuqori natijalarni qayd etdi. Toshkent davlat transport universiteti jamoasi “Runner Up” yo‘nalishida 2-o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlandi.
Musobaqada dunyoning 25 dan ortiq mamlakatidan 10 mingdan ortiq ishtirokchi o‘zaro bellashdi. O‘zbekiston nomidan Olmaliq davlat texnika instituti, Toshkent davlat transport universiteti hamda Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari ishtirok etishdi.
Yo‘llanma qanday qo‘lga kiritildi
Jamoalar WRS yo‘llanmasini “Muhandislik oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalidagi “First Robotics Uzbekistan” musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib oldi. Ushbu yo‘llanma ularga Xitoydagi jahon chempionatida ishtirok etish imkonini berdi.
Reklama
Ikki nominatsiyada e’tirof
TDTU jamoasi WRS doirasidagi “Runner Up” yo‘nalishida kumush medal olishdan tashqari, FIRST Tech Challenge (FTC) China Offseason Event musobaqasining “Eng faol va namunali jamoa” nominatsiyasiga ham loyiq deb topildi. Bu — xalqaro hakamlar hay’atining o‘zbek yoshlarining tayyorgarlik darajasi va jamoaviy ishiga bergan yuqori bahosidir.
Avvalroq koreyalik mutaxassislar tomonidan robototexnika darslari tashkil etilgani haqida xabar berilgandi. Bunday xalqaro hamkorliklar yoshlarimizning jahon miqyosidagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qanday ishtirok etish mumkin
Muhandislik va robototexnika sohasidagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan yoshlar Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisiga murojaat qilishlari mumkin. Ofis iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.