Teijin Innovation Challenge: $20,000 grant yutib oling

Yaponiyaning Teijin kompaniyasi tomonidan o’tkazilayotgan Innovation Challenge tanlovida qatnashing va $20,000 gacha bo’lgan grant sohibiga aylaning.

4
Teijin Innovation Challenge: $20,000 grant yutib oling

Teijin Innovation Challenge: Loyihangiz uchun $20,000 grant

Yaponiyaning yetakchi kimyo va farmasevtika kompaniyasi Teijin dunyo miqyosidagi innovatsion loyihalar uchun Innovation Challenge for sustainability and well-being tanlovini e'lon qildi. Ushbu tanlovda dunyoning istalgan nuqtasidan iqtidorli yoshlar o'z loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov yo'nalishlari

Agar sizda quyidagi sohalarga oid yangi texnologiyalar yoki yechimlar bo'lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun:

  • Atrof-muhitni muhofaza qilish (Environmental Protection);
  • Tabiiy ofatlarni oldini olish va yumshatish (Safety and disaster mitigation);
  • Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish (Improving the health care system).

Tanlovda g'olib bo'lgan loyihalar Teijin mutaxassislari bilan hamkorlikda yanada takomillashtiriladi. Talabalar uchun o'z imkoniyatlarini sinab ko'rish uchun ajoyib fursat.

Mukofot jamg'armasi

  • 1-o‘rin: $20 000 AQSH dollari;
  • 2-o‘rin: $13 000 AQSH dollari;
  • 3-o‘rin: $8 000 AQSH dollari.

G'oliblar, shuningdek, Teijin kompaniyasi bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qilish va o'z startaplarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Muhim sanalar va bosqichlar

  • 13-sentabr – 14-noyabr: Ro‘yxatdan o‘tish va loyihalarni qabul qilish;
  • 17-noyabr – 1-dekabr: Dastlabki saralash (30 ta eng yaxshi loyiha);
  • 6-dekabr – 18-yanvar: Final bosqichi uchun 8 ta loyihani tanlab olish;
  • 24-yanvar – 27-fevral: Finalchilar uchun mentorlik va loyihani takomillashtirish;
  • Mart oyi boshi: Onlayn final taqdimotlari va g'oliblarni aniqlash.

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun rasmiy saytga o'ting. Ilm-fanga qiziquvchi yoshlar barcha maqolalar bo'limimizdan foydali ma'lumotlarni olishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar