Xalqaro sun'iy intellekt olimpiadasi IOAI 2026da O'zbekiston terma jamoasi ilk ishtirokda 3 ta medal qo'lga kiritdi — 1 ta kumush va 2 ta bronza.
Olimpiadada 103 ta davlatdan 500 nafarga yaqin o'quvchilar ishtirok etdi. O'zbekiston terma jamoasi ushbu xalqaro sun'iy intellekt olimpiadasida 2026-yilda ilk marotaba ishtirok etdi.
G'oliblar ro'yxati
Reklama
- Bilolbek Yo'ldoshxo'jayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi — kumush medal;
- Muhammadziyo Saytjonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi — bronza medal;
- Umrzoq Ochilov — Samarqand shahridagi Prezident maktabi — bronza medal.
Ikki medal Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari hissasiga to'g'ri keldi, yana bittasini Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi qo'lga kiritdi.
Avvalroq xalqaro olimpiadalardagi g'alabalar haqida yozgan edik. InfoEdu.uz o'quvchilar muvaffaqiyati va olimpiadalar bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.