Asosiy olimpiadaning 11-sinf va 2-guruh fanlari topshiriqlari e’lon qilindi

Fan olimpiadalari markazi 1-guruh fanlaridan 11-sinf, 2-guruh fanlaridan esa 9-11-sinflar uchun tuman bosqichi topshiriqlari to’plamini e’lon qildi.

Asosiy olimpiadaning 11-sinf va 2-guruh fanlari topshiriqlari e’lon qilindi

Fan olimpiadalari markazi 2025/2026-o'quv yilidagi Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida foydalanilgan topshiriqlar to'plamini e'lon qildi. 1-guruh fanlari bo'yicha 11-sinf, 2-guruh fanlari bo'yicha esa 9–11-sinflar uchun topshiriqlar taqdim etildi.

Topshiriqlar o'tgan o'quv yilining tuman (shahar) bosqichida berilgan materiallar asosida shakllantirilgan. Asosiy olimpiadaga tayyorgarlik uchun tuman bosqichi topshiriqlari e'lon qilindi sarlavhali materialimizda 9- va 10-sinflar uchun 1-guruh fanlaridan berilgan to'plamlar haqida yozgan edik.

1-guruh fanlari bo'yicha topshiriqlar (11-sinf)

Reklama

2-guruh fanlari bo'yicha topshiriqlar (9–11-sinflar)

9-sinf:

10-sinf:

11-sinf:

Olimpiada bosqichlari va tayyorgarlik

Asosiy olimpiada umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9–11-sinf o'quvchilari hamda akademik litsey va kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1–2-bosqich o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi.

  • Maktab bosqichi — sentyabr oyida;
  • Tuman (shahar) bosqichi — oktyabr oyida test sinovlari shaklida;
  • Hududiy bosqichi — noyabr–dekabr oylarida amaliy va test sinovlari shaklida;
  • Respublika bosqichi — mart oyida.

Olimpiada belgilangan tartibda o'tkazilmasa, xolislikka zid holatlar kuzatilsa yoki nazorat materiallarining maxfiyligi buzilsa, bu haqda Fan olimpiadalari markazining murojaatlar boti orqali xabar berish mumkin.

1-guruh fanlari bo'yicha 11-sinf, 2-guruh fanlari bo'yicha esa 9, 10 va 11-sinflar uchun tuman (shahar) bosqichi topshiriqlari to'plami e'lon qilindi.
1-guruh fanlaridan biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo hamda matematika. 2-guruh fanlaridan tarix, geografiya, rus tili va adabiyoti, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyot, o'zbek (davlat tili) tili, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti.
Har bir fan va sinf uchun alohida to'plam Fan olimpiadalari markazi e'lon qilgan havolalar orqali ochiladi. Qoidabuzarlik holatlari haqida markazning murojaatlar boti orqali xabar berish mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar