Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Ariza va hujjatlar 2026-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi. Bu haqda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xabar berdi.
Qabul qilinadigan ta'lim shakllari
- Tayanch doktorantura — PhD;
- Doktorantura — DSc;
- Mustaqil izlanuvchilik — PhD va DSc.
Reklama
Ixtisosliklar
- 13.00.02 — Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;
- 13.00.07 — Ta'limda menejment;
- 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit;
- 08.00.13 — Menejment.
PhD uchun talablar
- Magistr yoki unga tenglashtirilgan diplom;
- Ixtisoslik asosini tashkil etgan kamida 1 ta ilmiy maqola;
- Kamida 2 ta ilmiy tezis;
- Tegishli xorijiy til sertifikati.
DSc uchun talablar
- PhD yoki fan nomzodi ilmiy darajasi;
- Salmoqli ilmiy natijalar;
- Ixtisoslik asosini tashkil etgan kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis.
Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatlar daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz orqali onlayn topshiriladi. Talabgorlardan xorijiy til bo'yicha milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatning B1 yoxud B2 darajasi talab qilinadi.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim uchun 2027-yilda ajratilgan kvotalar, shuningdek doktorantlar va stajyor-tadqiqotchilar stipendiyasi oshirilgani haqida ham yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring