SIIT University Scholarship: Tailandda to‘liq grant asosida o‘qish
Tailanddagi nufuzli Sirindhorn International Institute of Technology (SIIT) xalqaro talabalar uchun magistratura va doktorantura bosqichlariga to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturini e’lon qildi. Bu xorijda ta’lim olishni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Grant dasturining asosiy afzalliklari
Dastur doirasida nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
- To‘liq kontrakt to‘lovidan ozod etilish;
- Yashash xarajatlari uchun oyiga 305 AQSH dollari miqdorida stipendiya;
- Ekonom klassdagi aviabiletlar;
- Viza va transport xarajatlari uchun 305 AQSH dollari;
- Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanishi.
Magistratura bosqichi 2 yil, doktorantura esa 3 yil davom etadi. Muhimi, IELTS yoki TOEFL sertifikatlari majburiy emas.
Qabul yo‘nalishlari
Nomzodlar quyidagi texnik va boshqaruv yo‘nalishlarida hujjat topshirishlari mumkin:
- Elektr muhandisligi va energiya texnologiyalari;
- Muhandislik va kompyuter muhandisligi;
- IT texnologiyalar;
- Logistika va sanoat muhandisligi;
- Biokimyo va kimyoviy muhandislik;
- Boshqaruv texnologiyalari va muhandislik boshqaruvi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Dasturda ishtirok etish uchun nomzod xorijiy davlat fuqarosi bo‘lishi, jismonan sog‘lom bo‘lishi hamda 2 ta tavsiyanoma (shu jumladan akademik tavsiyanoma) taqdim etishi lozim. O‘qishga kirish jarayonlari va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan qiziqayotganlar uchun ushbu grant katta imkoniyatdir.
Dastur haqida batafsil ma'lumotni RASMIY sahifadan olishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.