Harbiy OTM magistraturasiga kirish test sinovlari o’tkazildi

Jamoat xavfsizligi universiteti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlari 11-avgust kuni o’tkazildi. Jami 100 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Harbiy OTM magistraturasiga kirish test sinovlari o’tkazildi

Harbiy yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish test sinovlari 11-avgust kuni o'tkazildi.

Jamoat xavfsizligi universiteti

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan nizom hamda Jamoat xavfsizligi universitetining 2026-yil 1-avgustdagi 2119-son murojaatiga asosan universitetning magistratura mutaxassisliklariga o'qishga qabul qilish bo'yicha test sinovlari tashkil etildi.

Reklama

Test sinovlari "Onlayn test" axborot tizimida axborot xavfsizligini ta'minlagan holda o'tkazildi. Talabgorlar test sinovlari natijalarini shu vaqtning o'zida bilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Jarayonda 70 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi

Shu kunning o'zida ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi majlisining 2026-yil 5-avgustdagi 67-3-son bayoni qarori hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining 2026-yil 1-avgustdagi 40/34-1227-son murojaati asosida akademiyaning magistraturasiga qabul test sinovlari o'tkazildi.

Ushbu imtihonda ham test sinovlari "Onlayn test" axborot tizimida o'tkazilib, talabgorlar natijalarni shu vaqtning o'zida bilib oldi. Jarayonda 30 nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi. Ma'lumot BaholashUz kanali orqali e'lon qilindi. Avvalroq harbiy yo'nalishdagi magistraturaga qabul haqida yozgan edik. InfoEdu.uz magistratura qabuli bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

Test sinovlari 2026-yil 11-avgust kuni o'tkazildi. Jamoat xavfsizligi universitetida 70 nafardan ziyod, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida 30 nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.
Test sinovlari Onlayn test axborot tizimida axborot xavfsizligini ta'minlagan holda o'tkazildi. Talabgorlar natijalarini shu vaqtning o'zida bilish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar