O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonini e’lon qildi. Qabul “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
Kimlar magistraturaga hujjat topshirishi mumkin?
Mazkur yo‘nalishga:
- surishtiruv va tergov organlari xodimlari;
- prokuratura tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar;
- harbiy xizmatchilar
qabul qilinadi.
Nomzodlar kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi hamda “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
O‘qish bepul va ish joyi saqlanadi
“Tergov faoliyati” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim bepul asosda tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘qishga qabul qilingan xodimlarning:
- egallab turgan lavozimi;
- o‘rtacha oylik ish haqi
o‘qish davri davomida saqlab qolinadi.
Hujjatlar qachongacha qabul qilinadi?
Nomzodlardan hujjatlar 10-maydan 10-iyungacha qabul qilinadi. Arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligining elektron platformasi orqali topshiriladi.
Kirish imtihonlari 3 bosqichda bo‘ladi
Magistraturaga kirish sinovlari avgust oyida quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
- Maxsus psixologik test
- Yozma imtihon (esse)
- Chet tili bo‘yicha test sinovi
Boshqa magistratura yo‘nalishlariga ham qabul davom etadi
Akademiyaning boshqa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham hujjatlar qabul qilinadi. Jumladan:
- “Prokurorlik faoliyati”
- “Korruptsiyaga qarshi kurashish”
- “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq”
- “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash”
yo‘nalishlariga qabul 10-iyundan 31-iyulgacha davom etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.