Arizalar asosiy sabablarga ko'ra rad etilgan
Ko'rib chiqish jarayonida arizalar quyidagi kabi sabablarga ko'ra rad etilgan:
Reklama
- Tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta'lim yo'nalishi bo'yicha mos yoki turdosh emasligi;
- Xorijiy tilni bilish bo'yicha sertifikat tasdiqlanmaganligi yoki belgilangan darajada bo'lmaganligi;
- SAT sertifikati tasdiqlanmasligi;
- So'ralgan hujjat o'rniga boshqa hujjat yuklanganligi yoki hujjat to'liq yuklanmaganligi;
- Xorijiy tildagi ta'lim dasturini yakunlaganlik tasdiqlanmaganligi;
- Hujjatlarning sifatsizligi.
Kamchiliklarni bartaraf etish muddati
Arizasi yuqoridagi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlar 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatiga ega. Belgilangan vaqtdan so'ng esa tahrirlash oynasi yopiladi — aniqlangan kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko'rib chiqilmaydi.
Tahrirlash tavsiya etilmaydigan holat
Muhim jihat: xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga umuman ega bo'lmagan yoki mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganlik sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko'rib chiqilmaydi. Ya'ni sertifikat yo'q bo'lsa, shunchaki arizani tahrirlash natija bermaydi.
Oldingi tajribada ham rad etilgan magistratura arizalarini qayta tahrirlash tartibi alohida e'lon qilingan edi. Til sertifikati talablari haqida esa magistratura uchun kerakli til sertifikatlari ro'yxati maqolasida batafsil yozilgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.