Doktorantura uchun hujjat topshirish 2024: Muddati va tartibi

Doktorantura va mustaqil izlanuvchilik uchun hujjatlar qabuli boshlandi. 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo’lgan muddat va talablar haqida to’liq ma’lumot oling.

4
Doktorantura uchun hujjat topshirish 2024: Muddati va tartibi

Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlandi

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimiga kirishni rejalashtirganlar uchun muhim yangilik: 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabuli rasman eʼlon qilindi.

Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizim orqali onlayn qabul qilinadi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakllari

Ilmiy daraja olishni maqsad qilgan izlanuvchilar uchun quyidagi shakllar mavjud:

  • Stajyor-tadqiqotchilik: Ishlab chiqarishdan ajralgan holda PhD darajasini olish uchun tayyorgarlik.
  • Tayanch doktorantura (PhD): Ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish.
  • Doktorantura (DSc): Fan doktori ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash.
  • Mustaqil izlanuvchilik: Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda PhD yoki DSc ilmiy darajalari uchun izlanish olib borish.

Ilmiy faoliyatni boshlashdan avval talabalar uchun va yosh tadqiqotchilar uchun foydali manbalar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, ilmiy salohiyatingizni oshirishda pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlariga oid maʼlumotlar ham muhim ahamiyatga ega.

Siz ushbu yangilikka qanday qaraysiz? O'z fikringizni izohlar qismida qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar