Nodavlat OTM rektorlariga davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari qo’yiladi

Nodavlat OTM rektorlariga ilmiy daraja, rahbarlik tajribasi va shaxsiy fazilatlar bo’yicha talablar kuchaytirilmoqda. Qaror loyihasi muhokamaga qo’yildi.

Nodavlat OTM rektorlariga davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari qo’yiladi

Nodavlat OTM rektorlariga davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari qo'yilishi nazarda tutilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan "Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi yagona nizom"ga o'zgartirish kiritish bo'yicha qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Qanday talablar belgilanmoqda?

Hujjatga ko'ra, nodavlat OTM rektorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Reklama

  • oliy ta'lim tashkilotlarida boshqaruv lavozimida ishlash uchun zarur kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatiga, ta'lim sohasida rahbarlik tajribasi va tegishli bilim hamda ko'nikmalarga ega bo'lish;
  • intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodkorlik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo'lish;
  • OTMda bakalavr yoki magistrlar tayyorlash yo'nalishlaridan biri bo'yicha fan doktori (DSc) yoki fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lish;
  • kafedra mudiri, fakultet dekani yoki uning o'rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida yoxud oliy ta'lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida kamida 5 yil samarali ish stajiga ega bo'lish.

Shuningdek, hujjatga ko'ra, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni yangi talablarga muvofiqlashtirish uchun ikki oy muddat beriladi.

Avvalroq nodavlat oliygohlar faoliyati davlat standartiga o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. InfoEdu.uz nodavlat oliygohlar faoliyatidagi o'zgarishlarni yoritishda davom etadi.

Rektorlar fan doktori (DSc) yoki fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi kerak. Shuningdek, kamida 5 yil rahbarlik staji talab qilinadi.
Kafedra mudiri, fakultet dekani yoki uning o'rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida yoxud oliy ta'lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida kamida 5 yil samarali ish stajiga ega bo'lish zarur.
Qaror loyihasi muhokamaga qo'yilgan. Qabul qilinganidan so'ng Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tegishli hujjatlarni yangi talablarga muvofiqlashtirish uchun ikki oy muddat beriladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar