Yaponiyada magistratura va doktorantura uchun stipendiya dasturi
Yaponiyada ta'lim olishni rejalashtirayotgan xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Ushbu stipendiya dasturi magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan yoshlar uchun moliyaviy yordam taqdim etadi.
Siz talabalar uchun mo'ljallangan ushbu grant imkoniyatidan foydalanib, o'qish xarajatlaringizni qoplashingiz mumkin. Barcha maqolalar bo'limimizda xorijda ta'lim olishga oid ko'plab foydali ma'lumotlar mavjud.
Stipendiya miqdori va imtiyozlar
- 1-2 yil uchun: oyiga 200 000 yen;
- 3 yil uchun: oyiga 180 000 yen;
- 4-5 yil uchun: oyiga 150 000 yen.
- Xalqaro konferensiyalarda qatnashish uchun sayohat granti.
Asosiy talablar
- Nomzod Yaponiya fuqarosi bo'lmasligi kerak;
- Kamida 12 oylik o'qish muddati qolgan bo'lishi lozim;
- Yapon tilini kundalik so'zlashuv darajasida bilish va barcha hujjatlarni yapon tilida taqdim etish;
- Yosh chegarasi: magistratura uchun 30, doktorantura uchun 35 yoshdan kichik bo'lmaslik.
Hujjat topshirish tartibi
Ariza topshirish jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi. Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr va magistratura diplomlari (yapon tiliga tarjima qilingan);
- Tadqiqot maqsadi (yapon tilida);
- Ilmiy rahbar tavsiyanomasi;
- Universitetdan qabul qilinganlik haqida ma'lumotnoma.
Batafsil ma'lumotlar uchun rasmiy manbalar: BATAFSIL hamda PDF hujjatni yuklab olish.
Qo‘shimcha savollar uchun: [email protected]

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.