Vellington-Viktoriya universitetida doktorantura va grant

Vellington-Viktoriya universitetida doktorantura uchun grant yutib oling! Yillik $23 500 stipendiya va bepul ta’lim imkoniyatlari bilan tanishing.

7
Vellington-Viktoriya universitetida doktorantura va grant

Vellington-Viktoriya universitetida doktorantura uchun grant

Yangi Zelandiyada ta'lim olishni istaysizmi? Viktoriya universiteti xalqaro talabalar uchun doktorantura bosqichida barcha sohalar bo'yicha to'liq grant dasturini e'lon qildi.

Grant imkoniyatlari va shartlari

Ushbu dastur doirasida talabalar quyidagi imtiyozlarga ega bo'lishadi:

  • Bepul o'qish imkoniyati;
  • Yillik 23 500 AQSh dollari miqdorida stipendiya;
  • O'qish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarning qoplanishi.

Talablar va hujjatlar

Grantga ariza topshirish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Bakalavr va magistratura darajasiga ega bo'lish;
  • Ingliz tilini bilish darajasi (TOEFL 90 yoki IELTS 6.5);
  • Ilmiy qiziqishlar aks etgan insho (Expression of Intent);
  • Ikkita akademik tavsiyanoma;
  • 2000 so'zdan iborat yozma ish namunasi;
  • Diplom va baholar ilovasi.

Hujjat topshirish muddatlari: Har yili 1-mart, 1-iyul va 1-noyabrgacha.

Qanday ariza topshirish kerak?

Onlayn arizalarni ushbu havola orqali rasmiy platformada to'ldirishingiz mumkin.

Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni bizning saytimizda kuzatib boring. Shuningdek, kirish ballari va yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar