Xorijda grant yutgan davlat xizmatchilarining ish o‘rni saqlab qolinadi

13-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

6
Xorijda grant yutgan davlat xizmatchilarining ish o‘rni saqlab qolinadi

13-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, xorijdagi nufuzli universitetlarda magistratura yoki doktorantura uchun grant yutgan davlat xizmatchilariga yangi kafolatlar berilishi rejalashtirilmoqda.

Grant yutgan xodimning lavozimi saqlanadi

Qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatchisi xorijiy oliygohga grant asosida o‘qishga kirgan taqdirda, ish beruvchining yozma roziligi bilan uning ish o‘rni saqlab qolinishini nazarda tutuvchi norma kiritilgan.

Bunda o‘quv dasturining yo‘nalishi davlat organi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi kerakligi ham qayd etilgan.

Majlis tafsilotlari Qonunchilik palatasining rasmiy sahifasida e’lon qilingan.

O‘qishdan keyin ishlab berish majburiy bo‘ladi

Qonun loyihasiga muvofiq, xorijda tahsil olgan davlat xizmatchisi o‘qish muddati bilan teng davr davomida tegishli davlat organi tizimida ishlab berishi kerak bo‘ladi.

Masalan, agar xodim xorijda 2 yil tahsil olsa, qaytgach kamida 2 yil davlat tizimida faoliyat yuritishi talab etiladi.

“Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijda o‘qish davri uning mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi”, — deyiladi loyiha muhokamalarida.

Xorijdagi o‘qish mehnat stajiga qo‘shiladi

Loyihada yana bir muhim norma sifatida xorijda taʼlim olgan davrni:

  • mehnat stajiga qo‘shish;
  • ko‘p yillik xizmat uchun ustama hisoblashda inobatga olish

taklif etilgan.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar