Xalq banki xorijda o’qish uchun 20 ming dollargacha kredit beradi

Xalq banki xalqaro reytinglarning Top-300 taligiga kirgan xorijiy oliygohlarda o’qish uchun 20 ming dollargacha kredit ajratadi, yillik foiz 14.

•1 daqiqa mutolaa•77 marta ko'rildi
Xalq banki xorijda o’qish uchun 20 ming dollargacha kredit beradi

Xalq banki xalqaro universitetlarda o‘qish uchun ta’lim krediti taklif qilmoqda. Kredit xalqaro reytinglarning Top-300 taligiga kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun ajratiladi.

Kredit shartlari

  • miqdori — 20 000 AQSh dollarigacha (milliy valyutadagi ekvivalentda);
  • yillik foiz stavkasi — 14 foiz;
  • boshlang‘ich to‘lov — 0 foiz;
  • muddat — asosiy qarz rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit ajratilish tartibi

Mablag‘ xalqaro reytinglarning Top-300 taligiga kirgan xorijiy oliygohlarning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotganlar uchun mo‘ljallangan. Shartlar bankning rasmiy sahifasida keltirilgan.

Ta’lim kreditini beruvchi banklar va ularning ishonch raqamlari haqida avvalgi materialimizda yozgan edik.

20 000 AQSh dollarigacha — milliy valyutadagi ekvivalentda.
14 foiz; boshlang‘ich to‘lov talab qilinmaydi.
Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab, 7 yil davomida.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar