Muddatli harbiy xizmatdagi askarlarga ta’lim krediti beriladi

Muddatli harbiy xizmatni o’tash davrida kontraktga kirgan askarlarga 1 sentabrdan birinchi yil uchun ta’lim krediti ajratiladi. Tafsilotlarni o’qing.

Muddatli harbiy xizmatdagi askarlarga ta’lim krediti beriladi

Muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar uchun yangi imtiyoz kuchga kiradi. Prezidentning Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmat nufuzi va jozibadorligini oshirish bo'yicha 134-son qaroriga ko'ra, joriy yil 1 sentabrdan xizmat davrida oliygohga to'lov-kontrakt asosida qabul qilingan askarlarga o'qishning birinchi yili uchun ta'lim krediti ajratiladi. InfoEdu.uz kuzatuviga ko'ra, bu qaror armiyada turib oliy ta'lim olishni rejalashtirgan minglab yigitlar uchun moliyaviy tayanch degani.

Kredit birinchi yil uchun Jamg'arma hisobidan ajratiladi

Hujjatda aytilishicha, kredit Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan, qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Eslatib o'tamiz, harbiy xizmatni o'taganlarga sertifikat xarajatlari qoplanishi ham avvaldan yo'lga qo'yilgan edi. Yangi tartib esa aynan xizmatni o'tash davrida o'qishga kirgan askarlarga tegishli.

Reklama

Xizmatdan keyin biznes boshlaganlarga foiz kompensatsiyasi

Shu qarorda xizmatni tamomlagandan keyin bir yil ichida tadbirkorlik boshlash istagidagi yoshlarga ham imtiyoz nazarda tutilgan. Tijorat banklarining milliy valyutada Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan oshmagan stavkada ajratadigan kreditlarining 5 milliard so'mgacha qismi bo'yicha foiz xarajatlarining bir qismi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi. Kompensatsiya kichik tadbirkorlik subyektlariga uch yil muddatga 2+1 tamoyili asosida beriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida oliy ta‘lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan askarlarga beriladi. Kredit o‘qishning birinchi yili uchun ajratiladi.
Ta‘lim krediti Ta‘lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
Xizmatni tamomlagandan keyin bir yil ichida biznes boshlagan yoshlarga 5 milliard so‘mgacha kredit bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi uch yil muddatga qoplab beriladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar